» » GM Uzbekistan Qirg‘izistonga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ydi

GM Uzbekistan Qirg‘izistonga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ydi


Bugun, 22-aprel kuni GM Uzbekistan AJ avtomobillarini Qirg‘izistonga eksport qila boshladi. Qirg‘izistonga avtomobillar Ravon brendi ostida eksport qilinadi. Bu haqda GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasi xabar berdi.

Bugungi kungacha kompaniya avtomobillari Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga yuborilgan. Shuningdek Qozog‘istonning Kostanay shahridagi “SariarkaAvtoProm” zavodida kompaniya avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan.

2019-yil GM Uzbekistan faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilingan. Bugungi kunda kompaniya mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini yanada kengaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют