» » Kanadadagi tog‘ ko‘chkisida 3 nafar buyuk alpinist halok bo‘ldi

Kanadadagi tog‘ ko‘chkisida 3 nafar buyuk alpinist halok bo‘ldi


3 nafar mashhur alpinist: 36 yoshli amerikalik Jess Roskelli, 28 yoshli Devid Lama va 35 yoshli Xansyorg Auer ismli avstriyalik alpinistlar Kanadaning Skalist tog‘laridagi Xous cho‘qqisini zabt etishga uringan. Bu haqda National Geographic xabar berdi.

16-aprel kuni Jess oilasiga qo‘ng‘iroq qilishi kerak edi.  Qo‘ng‘iroq bo‘lmagach, uning otasi qutqaruv xizmatiga murojaat qilgan. Joyni havodan turib ko‘zdan kechirgan mutaxassislar chiqindi, toqqa chiqish uskunlari, qisman tog‘ ko‘chkisi bosgan inson tanasini ko‘rgan. Lekin ob-havo sharoiti qidiruv ishlarini olib borishga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki yaqin kunlarda yana tog‘ ko‘cish xavfi bor.

Holat tahlil qilinib, alpinistlarning halok bo‘lgani e’lon qilingan. Alpinistlarni o‘ldirgan ko‘chki Kanada shkalasi bo‘yicha 3 darajaga teng. Bu daraja avtomobilni to‘liq ko‘mib qo‘yishga, daraxtni sindirishga, xatto yog‘ochdan yasalgan kichik binoni qulatishga qodir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют