» » Xitoy va Saudiya Arabiston o‘rtasida jami 65 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi

Xitoy va Saudiya Arabiston o‘rtasida jami 65 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi


Xitoy rahbari Si Szinpin va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulazizning muzokaralari do‘stona muhitda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda 16-mart, payshanba kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Chjan Min ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. Turli sohalar, jumladan, tabiiy resurslarni o‘zlashtirish, energetika, koinot, yuqori texnologiyalar, investitsiyalar va xavfsizlikka oid 14 ta kelishuv imzolandi. Hamkorlik bo‘yicha 35 loyiha ishlab chiqildi, ularning umumiy summasi 65 milliard dollarni tashkil etadi”, — deya ta’kidladi diplomat. 

Xitoy Saudiya Arabistoni qirolining Osiyo—Tinch okeani mintaqasi bo‘ylab safari davomidagi hisob bo‘yicha beshinchi davlat bo‘ldi. Salmon bin Abdulaziz bungacha Malayziya, Indoneziya, Bruney va Yaponiyaga tashrif buyurishga ulgurdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют