» » Oliy sud Samarqandda 31 nafar mahbusni muddatidan oldin ozod etdi

Oliy sud Samarqandda 31 nafar mahbusni muddatidan oldin ozod etdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosari X.Yodgorov va Oliy sud sudyalari 20—21-aprel kunlari Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Urgut tumanlarida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda Zarnews xabar qiladi.

Ushbu tumanlardagi Xalq qabulxonalarida o‘tkazilgan tadbirlarda 148 nafar fuqaro qabul qilinib, ularning 21 ta arizasi nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun, 30 ta arizasi o‘rganib chiqish uchun va 4 ta qo‘shimcha shikoyatlari qabul qilindi.

Oliy sud matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning yuzdan ortig‘i sudlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan. Shuningdek, sud qarorlari ijrosi, hokimiyat organi va sudya xatti-harakatidan norozilik va boshqa masalalar bo‘yicha ham murojaatlar qayd etilgan. 30 ta masala qabullar chog‘ida ijobiy hal qilindi, 60 nafarga yaqin fuqaroga huquqiy maslahat berildi.

Protsessual qonun talablaridan kelib chiqib, sayyor qabullarda sayyor sud majlislari ham o‘tkazildi. Buning natijasida 31 nafar mahbus jazoni o‘tash joyidan muddatidan oldin ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi. Axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va sinov muddatini o‘tayotgan 131 nafar mahkum ham jazodan ozod etildi. 2 nafar sudlanuvchi apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarida sud zalida qamoqdan ozodlikka chiqarildi hamda 1 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 70-moddasiga asosan tayinlangan jazodan ozod bo‘ldi. Oliy sud raisi o‘rinbosari X.Yodgorov viloyatga safari davomida Samarqand shahridagi 10-Mehribonlik uyida ham bo‘lib, muassasa kutubxonasiga huquqiy kitoblar sovg‘a qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют