» » Ochilmagan ochiqlik

Ochilmagan ochiqlik


“Daryo” kolumnisti Yevgeniy Sklyarevskiy davlat idoralarining ochiq ma’lumotlar portali faoliyati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tadi.

O‘zbekistonda 2015-yildan buyon ochiq ma’lumotlar portali — “Data.gov.uz” faoliyat ko‘rsatmoqda. G‘oya albatta ajoyib — barcha davlat organlari o‘zlaridagi ma’lumotlarni ochiq-oshkor foydalanish uchun joylashtirishlari darkor. Shu jumladan, mazkur ma’lumotlardan dasturchilar turli ishlanmalarda foydalana olishlari uchun va ular mashina o‘qiy oladigan ko‘rinishida bo‘lishi lozim.

Ammo lekin, yumshoq qilib aytganda, ushbu portal to‘liq ishlagani yo‘q. 5 foizdan kamroq axborotgina muntazam yangilanmoqda. Ko‘plab davlat organlari esa portalga fuqarolarni qabul qilish jadvalini ham joylashtirishgan bo‘lib, nima uchundir portal ulardan aynan shu narsani kutyapti deb o‘ylashgan. Masalan, Toshkent hokimiyati 2018-yilda ikkita ma’lumotlar bazasini joylashtirdi: Toshkent shahar nazorat organlari reyestri hamda rahbariyatning aloqa manzillari bilan, qabul soatlari; 2017-yilda esa Toshkent shahar tumanlari hokimlari haqida ma’lumot joylagan xolos. 2016-yilda bundan ko‘proq ma’lumot joylangan edi, biroq o‘tgan uch yil davomida bu ma’lumotlar, tayinki, eskirdi.

Bularni keltirishdan maqsad hokimiyatni tanqid qilish emas (va nafaqat); boshqa sohalarda va ma’muriy-hududiy davlat organlari kesimida qaraganda ham vaziyat bundan yaxshiroq deb bo‘lmaydi. Ochiq ma’lumotlarga nisbatan bunday yuzaki munosabatning sabablari quyidagilardir: hech bir davlat organi oshkoralik va shaffoflikdan manfaatdor emas; ikkinchidan, davlat organlari xodimlari orasida ochiq ma’lumotlarni joylab borish tajribasi ham, demakki, bunga loyiq malaka va rag‘bat ham shakllanmagan (vaholanki, to‘rt yil mobaynida bunday tajribani to‘plab olish mumkin edi). Uchinchidan, o‘sha ochiq ma’lumotlarning sifati va ishonchlilik darajasi jihatdan sifati juda past va, to‘rtinchidan, jamiyatda ushbu ochiq ma’lumotlarga talabning o‘zi yo‘q — biz ularni nima qilishni bilmaymiz.

Tez orada vaziyat o‘zgarishi lozim — O‘zbekiston Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, endilikda davlat organlarining ochiq ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha faoliyatini Davlat statistika qo‘mitasi muvofiqlashtirib boradi va portalning faoliyati uchun esa Prezident huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) mas’ul bo‘ladi. Ochiq ma’lumotlarni taqdim qilish darajasi elektron hukumat reytingini tayyorlashda inobatga olinadi. Tushunganingizdek, so‘nggi vaqtlarda bunday reytinglarga katta e’tibor qaratilmoqda. Yaqindagina O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rinlarini monitoring qilish va baholash Milliy tizimi tashkil qilingani ham buning dalilidir.

Yuqoridagi yozganlarimning bari ochiq ma’lumotlarning yaxshi taraflarini e’tirof etish va ularning bizga nimaga kerakligini tushuntirishga qaratilgan muqaddima edi.

Birinchidan, ular turli dasturiy ilovalar ishlab chiqaruvchilarga zarur. Xorijda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar haqida misollar keltiramiz.

Bu misollar dabdurustdan esga kelganlari xolos. Yevropa mamlakatlarida ochiq ma’lumotlar evaziga sarf-xarajatlardan iqtisod qilinishi tufayli orttirilgan 140 milliard mablag‘ haqida ma’lumotlar bor. Ayniqsa geografik va meteorologik ma’lumotlar, biznes haqida ma’lumotlar, moliya, ijtimoiy-demografik holat, transport borasidagi ma’lumotlarga talab kuchli. Turli ma’lumotlarning mavjudligi, dasturchilarni ham turli xil startaplarga undaydi va o‘z navbatida, bu narsa IT-biznesning rivojlanishiga turtki beradi.

Ikkinchidan, ochiq ma’lumotlar portali — jurnalistlar uchun ideal ko‘makchi! Ma’lumotlar mashina o‘qiydigan holatda keltiriladi degan gaplar oddiy odamlarni cho‘chitadi. Ha, bu qo‘rqinchli, lekin unchalik emas. JSON va XML formatlari bizga kerak emas, lekin CSV biz uchun qiziq. Agar siz o‘zingizga kerakli ma’lumotlar to‘plamini ochib, CSV tugmasini bossangiz, ushbu ma’lumotlar sizning kompyuteringizda, Excel dasturida ochiladi.

Keyin esa “Vstavka” menyusiga kirasiz va ma’lumotlarning ko‘rsatilish turini tanlaysiz. Gistogramma, doiraviy diagramma, chiziqli yoki nuqtali grafik va hokazolar. Shunda siz istalgan maqolaga zeb berib, uning salohiyatini oshiradigan tayyor diagrammaga ega bo‘lasiz. Ehtimol, kodirovka hamda kataklar formati bilan biroz ovora bo‘lishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Lekin olinadigan ajoyib natija bilan taqqoslaganda, bu ovoragarchiliklar mayda-chuyda bo‘lib qoladi.

Umid qilamizki, ochiq ma’lumotlar portali to‘liq ishlay boshlaydi va biz, davlat organlari tomonidan taqdim etilgan ko‘plab ma’lumotlarni va ular asosida ishlaydigan turli dasturiy ilovalarni hamda ajoyib diagrammalar bilan dalillangan jurnalistik maqolalarni tez orada ko‘ramiz. Shuningdek, elektron hukumatning tayyorlik darajasini belgilovchi xalqaro reytinglardagi O‘zbekistonning pozitsiyasini ko‘tarilishini ham.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют