» » Messi va Ronaldu Suriyada aziyat chekayotgan bolalarni himoya qilishda o‘rnak bo‘lmoqda

Messi va Ronaldu Suriyada aziyat chekayotgan bolalarni himoya qilishda o‘rnak bo‘lmoqda


Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Suriyadagi bolalarni qutqaring” aksiyasini qo‘llab quvvatladi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

Portugaliyalik futbolchi o‘g‘li bilan suriyalik bolakayning rasmini ushlab turgan holda tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga yukladi va quyidagilarni bildirib o‘tdi.

Bugun men Umar kabi sartarosh bo‘lishni orzu qilganini tasvirlagan suriyalik bolalar bilan birgaman.

Krishtianu Ronaldu, “Real” klubi va Portugaliya termasi futbolchisi

Mavzuga doir: Falastinda yil odami deb topilgan Krishtianu Ronaldudan suriyalik bolakaylar ham minnatdor bo‘ldi

“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi ham Suriyada aziyat chekayotganlarni himoya qilishda o‘rnak bo‘ldi. Argentinalik futbolchi barchani Suriyadagi urushga qarshi chiqishga va odamlarni birdamlikka chaqirdi.

Urushning bir kuni – bu juda ko‘p. Suriyalik bolalar esa olti yildan buyon zo‘ravonlik va qattiqqo‘llik qurboni bo‘lib kelmoqda. Ota va YuNISЕF elchisi sifatida bu holat yuragimni tilka pora qilyapti. Urush to‘xtatilishi uchun YuNISЕFga o‘z ovozingizni qo‘shing.

Lionel Messi, “Barselona” klubi va Argentina termasi futbolchisi

Suriyadagi bolalar mamlakatdagi davomiy urushlar qurboniga aylanmoqda. 7 yoshli Bana Alabed ismli qiz AQSh prezidenti Donald Trampga ochiq xat yozib, suriyalik bolalar tinchlikda yashashga loyiq ekanini bildirib, undan bir nima qilishini so‘radi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют