» » Osiyo chempionati. Shukurjon Rahimov turkmanistonlik bokschini mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Osiyo chempionati. Shukurjon Rahimov turkmanistonlik bokschini mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi


23-aprel, seshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining beshinchi kungi janglariga start berildi.

O‘zbekiston bokschilar ishtirokidagi dastlabki jangda erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida Shukurjon Rahimov turkmanistonlik Xursand Imankuliyevga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang muddatidan avval 2-raundda to‘xtatildi. Boisi Shukurjonning qoshi yorildi. Shunga qaramay o‘zbekistonlik bokschi ochkolar hisobida oldinda borayotganligi uchun, g‘alaba Shukurjon hisobiga yozildi va u musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bugun 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqaning yarim finaliga chiqish uchun ringga chiqishi haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют