» » Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi yillik hisobotida Kuril orollarining o‘ziga tegishli ekanini ta’kidlamadi

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi yillik hisobotida Kuril orollarining o‘ziga tegishli ekanini ta’kidlamadi


Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning tashqi siyosatiga bag‘ishlangan yillik hisobotini taqdim etdi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.

Unda “to‘rt shimoliy orol (Kuril tizmasi) Yaponiyaga tegishli” degan jumlalar yo‘q. Shu bilan birga, hisobotda Moskva bilan muzokaralarni davom ettirishga chorlov bor — Tokio bahsli hududlar bo‘yicha hali ham kelishuvga erishmoqchi.

Hisobot e’lon qilinganidan so‘ng Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono bahsli hududlar bo‘yicha “yapon hukumatining huquqiy pozitsiyasi o‘zgargani yo‘q”ligini ma’lum qildi.

Iturup, Kunashir, Shikotan orollari va Xabomai arxipelagi Ikkinchi Jahon urushining oxirida SSSR tarkibiga qo‘shib olingan, biroq Tokio hozirga qadar ushbu hududlar yuzasidan da’vo qilib keladi.

1956-yilgi Sovet—Yaponiya qo‘shma deklaratsiyasida SSSR tinchlik shartnomasi imzolangan taqdirda Shikotan va Xabomai orollarini Yaponiyaga topshirishga tayyorligini bildirgan. Biroq tomonlar hali ham tinchlik shartnomasini imzolamagan.

Rossiyaning Jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi xodimlari fevral oyida o‘tkazgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Kuril orollarining deyarli barcha aholisi hududning Yaponiyaga berilishiga qarshi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют