» » O‘zbekistonlik yana bir bokschi uchun Osiyo chempionati yakunlandi

O‘zbekistonlik yana bir bokschi uchun Osiyo chempionati yakunlandi


23-aprel, seshanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining beshinchi kungi janglari doirasida navbatdagi o‘zbekistonlik bokschining jangi yakunlandi.

Ayollar o‘rtasida -75 kg vazn toifasida ringga chiqayotgan Mavluda Mavlonova Xitoy taypeyilik bokschi Vei-Siyen Lin bilan jang qildi. 3 raund yakuniga ko‘ra Mavluda ochkolar hisobiga raqibiga mag‘lub bo‘ldi va musobaqadagi yurishini to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shukurjon Rahimov, Sanjar Tursunov g‘alaba qozongan bo‘lsa, Isroil Madrimov mag‘lubiyatga uchradi.

Ayollar o‘rtasida -60 kg vazn toifasi vakili Rayhona Qodirova esa mo‘g‘ulistonlik bokschiga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 114) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют