» » Taxt uchun kurash: Acer dizaynerlar va ishlab chiqaruvchilar qalbidan o‘rin olish maqsadida kurash boshladi

Taxt uchun kurash: Acer dizaynerlar va ishlab chiqaruvchilar qalbidan o‘rin olish maqsadida kurash boshladi


2019-yilning 11-aprelida Nyu-York shahrida Acer kompaniyasi masulotlariga oid yangiliklarni taqdim etdi va bozorga dizaynerlar, animatorlar, arxitektorlar, dastur ishlab chiquvchilari va boshqa kontent yaratuvchilari uchun mo‘ljallangan yangi ConceptD brendini chiqarishi haqida e’lon qildi. Mazkur kompaniya taqdim etgan ayrim modellarini O‘zbekistonga 2019 yilning sentabr oyida olib kirish rejalashtirilmoqda.

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, o‘yinlar uchun mo‘ljallangan Acer kompyuterlarining 30 foizida o‘yinlar hech qachon o‘ynalmagan bo‘lib, ushbu kompyuterlarning quvvatidan professional masalalarni hal etish uchun foydalanilgan. Endi esa ijodiy kasb vakillari ular ehtiyojiga muvofiq keltirilgan o‘zining shaxsiy mahsulotlar qatoriga ega bo‘ldilar.

Acer ConceptD quvvatli kompyuterlari

Yuqori unumdorlikka ega Acer ConceptD shaxsiy kompyuterlari bir vaqtning o‘zida ko‘p vazifalar bilan ishlash rejimida katta hajmda resurslar talab etadigan ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. ConceptD 900 top modeli murakkab vizual effektlar renderingi, 3D-modellash va simulyatsiyalar, sun’iy intellekt va chuqur o‘rganish texnologiyalari bilan muntazam ravishda ishlab boruvchilarga ma’qul keladi.

Shuningdek, Acer ishini professional darajagacha ko‘tarishni xohlovchilar uchun narxi uncha qimmat bo‘lmagan, 4ta displey bilan ishlash imkoniyatiga ega ConceptD 500 kompyuterini ishlab chiqdi.

Acer ConceptD shovqinsiz noutbuklari

ConceptD quvvatli noutbuklar bilan ofisdan tashqarida, sevimli joyda ishlash mumkin. Shovqinni bosuvchi tizim hatto shovqin darajasi 40 dB gacha qat’iy cheklangan kutubxonada ishlash imkonini beradi. Shuningdek, dizaynerlar rang o‘tkazishning yuqori aniqligi va sur’atning a’lo sifatini ham qayd etmoqda.

ConceptD 9 seriyasidagi oliy noutbuk 3D-modellash uchun ishlab chiqilgan. 4K UHD aniqlikka ega 17,3 dyuymli displey aylanadi, egiladi va suriladi. Wacom® EMR stilusi noutbukka magnit orqali mahkamlanadi va 4096ta bosim sezuvchanligi darajasini namoyish etadi.

ConceptD 7 2D va 3D grafikasini yaratish va uni tahrir qilish uchun a’lo darajada to‘g‘ri keladi. Noutbukni o‘zi bilan olib yurish qulay: qalinligi 17,9 mm., 4K UHD aniqlikka ega 15,6 dyuymli displeyga ega noutbukning vazni atigi 2,1 kg. tashkil etadi.

ConceptD 5 - 2D grafikada tez va oson ishlash uchun mo‘ljallangan noutbuk. Qalinligi 16,9 mm. bo‘lgan 13 dyuymli displeyli noutbukning vazni atigi 1,5 kg. tashkil etadi.Barmoq izlari datchigi ma’lumotlarning qo‘shimcha himoyalanishini ta’minlaydi.

ConceptD monitorlari

ConceptD professional monitorini tanlash hal etiladigan vazifalarga bog‘liq. Fotosuratlar va 2D grafika bilan ishlash uchun 32 dyuymli ConceptD CM7321K monitori, 3D dizaynerlar uchun esa 27-dyuymli ConceptD CP7271K monitori to‘g‘ri keladi.

ConceptD OJO qo‘shma voqelik garniturasi

Mavjud voqelikni virtual obyektlar bilan to‘ldirishni xush ko‘ruvchilar uchun Acer tomonidan ConceptD OJO garniturasi yaratildi. Virtual va haqiqiy dunyolarni yuqori darajada to‘liq birlashtirishga ko‘z qorachig‘i va displey o‘rtasidagi masofani sozlash funksiyasi hisobiga erishiladi, ushbu funksiya aniq tasvir olish imkonini beradi.

Predator Orion 5000 o‘yin kompyuteri

Ashaddiy geymerlar uchun Predator seriyasi Orion 5000 modeli bilan to‘ldirildi. Bunda kompyuter ko‘p joy egallamasligi uchun quvvatlar hajmi 30 litrlik korpusga joylashtirildi. Yuqori aniqlik talab qiluvchi o‘yin havaskorlari Predator keng formatli 43-dyuymli monitorni baholash imkoniga ega bo‘ladilar. 144 Gs yangilanish tezligi ekrandagi personajlar ravon va uzilishlarsiz harakatlanishini kafolatlaydi.

Maxsus klaviaturaga ega Predator Helios 700 o‘yin noutbuki

Predator Helios 700 Acer kompaniyasining 2019 yilgi eng innovatsion modeli bo‘ldi. Kuchaytirilgan ventilyatsiya va o‘yin jarayonida klaviaturadan foydalanish noqulayligi muammosi ishlab chiquvchilar tomonidan HyperDrift surilma klaviaturasi yaratilishi orqali kreativ tarzda hal etildi. Endi 17 dyuymli ekrandan uzoqlashib, klavishalarga yetish uchun qo‘llarni cho‘zish shart emas. Klaviatura surib chiqarilganda ikkita qo‘shimcha havo o‘tkazgich ochiladi.

Nitro budjetli o‘yin noutbuklari

Nitro — bu maqbul narxli o‘yin noutbuklaridir. 144 Gs yangilanish tezligi va 3 ms. ta’sirlanish vaqti o‘yin jarayonining ravonligi va uzilmasligini ta’minlaydi. Samarali sovitish uchun 2ta ventilyator va AcerCoolBoost™ texnologiyasi javob berib, u parraklar aylanishi tezligini 10 foizga tezlashtiradi, markaziy va grafika protsessorlarini sovutish darajasini esa avtomatik rejimdan farqli ravishda 9 foizga oshiradi.

Acer Chromebook

Ofisda va masofadan turib ishlovchi xodimlar o‘z e’tiborini Chromebook premium seriyasiga qaratishlari mumkin. Chromebook 714/715 “bulutli saqlagichlar” bilan samarali va xavfsiz ishlash uchun yaratilgan . Mazkur noutbuk orqali 12 soatgacha avtonom ish ta’minlanadi va ular barmoq izlari datchiklari bilan jihozlangan. Go‘yo foydalanuvchining to‘satdan g‘azablanish ehtimolini e’tirof etgan holda, ishlab chiqaruvchi noutbuk tarkibini zarbabardosh korpusga joylashtirib, ushbu korpus 122 sm. balandlikdan tushib ketishga va 60 kg. gacha bosimga chidamli.

Travel Mate P6 mobil noutbuki

Boshqa mamlakatlarga sayohat qilish va kutish zallarida uzoq vaqt bo‘lish holatlari uchun Acer tomonidan Travel Mate P6 ishlab chiqarildi. Mazkur model dizayni yengil va ultrayupqa bo‘lib (qalinligi 16,6 mm., vazni 1,1 kg.), 20 soat davomida avtonom tarzda ishlay oladi. Bunda agar siz hamrohingiz yoki o‘rindiqdagi qo‘shningizga ekrandagi tasvirlarni ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz, 14 dyuymli displey 180 gradusga burilishini inobatga oling.

Acer Aspire

Agar siz oddiy hayot kechirib, noutbukdan oz-ozdan foydalansangiz, keng doiradagi masalalar uchun mo‘ljallangan noutbuklarning Aspire qatoriga e’tibor bering. Aspire 7 jadal foydalanuvchilar, dizaynerlar va kontent ishlab chiquvchilari uchun yaratilgan. Aspire 5 oilaviy foydalanish, shuningdek foto va multimedia bilan ishlovchi mutaxassislar uchun to‘g‘ri keladi. Aspire 3 noutbukdan uyda, ishda yoki o‘qishda foydalanuvchi faol insonlar uchun mo‘ljallangan.

Noutbuk-transformer Acer Spin 3

Acer ham noutbuk, ham planshetga ehtiyoji mavjud foydalanuvchilar hayotini yengillashtirishda davom etmoqda. Displeyi 360 gradusga buriladigan yangi Acer Spin 3 vazni atigi 1,7 kg ni tashkil etib, 12 soat avtonom tarzda ishlay oladi. Bunda bir necha usulda ishlash mumkin - Spin 3’ga ma’lumotlarni qo‘lda yoki Acer Active Pen stilusi yordamida kiritish mumkin.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют