» » Fotogalereya: Jeneva avtosalonida namoyish etilgan yangi avtomobil konseptlari

Fotogalereya: Jeneva avtosalonida namoyish etilgan yangi avtomobil konseptlari


Jeneva motorshousida bir qator yangi avtomobil konseptlari namoyish etildi. Ulardan ko‘pchiligi yaqin vaqt ichida ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlaydi. Qolganlari esa yagona nusxaligicha qoladi. “Motor” nashri yangi konseptlarning eng qiziq va muhimlarini aks ettirgan fotojamlanmani taqdim etdi.

Porsche Panamera’ning bo‘lajak raqobatdoshi 805 ot kuchiga ega, to‘rt litr sig‘imli, ikki turbinali gibrid dvigatel bilan jihozlangan. Taxminan, uch soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi.

To‘rt o‘rindiqli mashinaning gabarit uzunligi besh metrdan oshadi. Avtomobil 2018-yildan boshlab ishlab chiqariladi.

Konseptual elektr avtomobil akkumulyatorni simsiz quvvatlash tizimi bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchi tomonidan ma’lum qilinishicha, mashina Londondan Parijgacha quvvatlanmasdan yetib bora oladi. Ikki shahar o‘rtasidagi masofa qariyb 500 kilometrni tashkil qiladi.

Avtomobil salonida sensorli OLED displey o‘rnatilgan, shuningdek, salonni jihozlashda charm, mis va tabiiy yog‘ochdan foydalanilgan. Avtomobilning ishlab chiqarilishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Namuna to‘rt o‘rindiqli haydovchisiz avtomobil bo‘lib, 300 ot kuchiga ega gibrid kuchli dvigatel bilan jihozlangan. Mashinaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning pol qismi yupqa beton qatlam bilan qoplangan.

Multimedia tizimi Samsung Artik Cloud’dan foydalanadi va odamning jismoniy holatini aniqlay oladi. Agar avtomobilning elektronika tizimi haydovchining “aqlli soati”dan u yo‘lga chiqishdan oldin sport mashg‘ulotida bo‘lgani haqidagi ma’lumotni qabul qilsa, mashinaning barcha funksiyalari eng qulay harakatni ta’minlashga sozlanadi.

Hyundai’ning kelajakdagi vodorod krossoveri, taxminan, shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Konsept bir marta yoqilg‘i quyilganidan so‘ng 800 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. Avtomobil ommaviy ravishda 2018-yildan boshlab ishlab chiqariladi.

Namuna yapon kompaniyasi tomonidan Formula-1 Renault bilan hamkorlikda yaratilgan. Avtoulov gibrid kuchli dvigatel va ERS energiya yig‘ish tizimi bilan jihozlangan.

Formula texnologiyasi tufayli dvigatel quvvati 500 ot kuchigacha yetishi mumkin. mashina besh soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi.

Sedan Hybrid Kinetic Group kompaniyasining buyurtmasiga binoan Pininfarina atelyesi tomonidan yaratilgan. Mashinaning o‘ziga xosligi — dvigatel mikroturbogeneratorga ega.

5,2 metrli sedan ikkita elektromotor yordamida harakatlanadi, batareyalar uchun energiya miokroturbogeneratorlarda ishlab chiqariladi. 100 km/soat tezlikka erishish uchun 2,9 soniya yetadi. Elektr quvvati zaxirasi qariyb 1000 kilometrga yetadi.

Superkar Fittipaldi Motors buyurtmasiga asosan, Pininfarina atelyesi va HWA firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Vazni 1000 kilogramm bo‘lgan superkar 4,8 litr sig‘imli sakkiz silindrga va 600 ot kuchiga ega olti darajali dvigatel bilan jihozlangan.

Ko‘p sonli ishlab chiqarishga mo‘ljallanayotgan konsept birinchi Singapur superkari hisoblanadi. Mashina Williams Advanced Engineering kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.

Ishlab chiqariladigan namunalar to‘rtta elektromotor va litiy-ion batareyalari bilan jihozlanadi. Superkar 3 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi. Agar konsept ishlab chiqarishga taqdim etilsa, uning taqdimoti 2020-yilda bo‘lishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют