» » Prezident taklif etgan besh tashabbusni Urgutda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi

Prezident taklif etgan besh tashabbusni Urgutda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi


Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da besh tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullar va chora-tadbirlar belgilandi, deb xabar berdi “Zarnews”.

Xususan, tumandagi 135 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabini 3 turdagi (rubob, dutor, doira) musiqa asboblari bilan ta’minlash orqali qo‘shimcha 150 ta to‘garak tashkil etiladi. Shuningdek, maktablarda havaskor yoshlar teatr va ansambllari tuziladi.

Tumandagi barcha korxona, tashkilot, muassasalar ishchi-xodimlari, o‘quvchilar, katta yoshdagi aholi o‘rtasida ertalabki gimnastika mashg‘ulotlari, haftada bir kun sport tadbirlari yo‘lga qo‘yiladi.

Urgut markaziy madaniyat va aholi dam olish maskanida, tuman markazidagi musiqa maktabida, amfiteatrda wi-fi hududi tashkil etiladi.

Umumta’lim maktablari, bog‘chalar va mahallalarga 18 mingdan ortiq kitob tarqatiladi.

Tumanning olis qishloqlarida tikuv-trikotaj majmualarini ishga tushirish hisobiga 400 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlanadi.

Besh tashabbusni Urgutda amalga oshirish doirasida 600 nafar yoshlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют