» » Gavayi shtati sudyasi Trampning yangi farmoniga hujjat kuchga kirishiga 4 soat qolganda taqiq qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Gavayi shtati sudyasi Trampning yangi farmoniga hujjat kuchga kirishiga 4 soat qolganda taqiq qo‘ygani ma’lum bo‘ldi


Gonolulu (Gavayi shtati) federal sudi sudyasi Derrek Uots Donald Trampning muhojirlar haqidagi yangi farmoni kuchga kirishiga 4 soat qolganda unga umummilliy taqiq qo‘ydi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda. 

Farmonda Sudan, Suriya, Eron, Liviya, Somali va Yaman fuqarolarining AQShga kirishi 90 kun mobaynida man etilishini ko‘zda tutgandi. 

Farmon kuchga kirishiga sud taqiqi shtat rasmiylari so‘roviga ko‘ra qabul qilindi. Sudya musulmonlarni kamsitish AQSh konstitutsiyasiga zid ekanligini ma’lum qildi. 

O‘z navbatida, Donald Tramp “sud vakolatlari mislsiz darajada oshirib yuborilgani”dan norozi bo‘ldi va mazkur taqiq bo‘yicha ishni Oliy sudgacha olib chiqishga va’da berdi. 

Eslatib o‘tamiz, oldingroq AQSh adliya vazirligi Trampning yangi farmonini sudlarda himoya qilishini bildirgandi. 

Опубликовано: admin (16-03-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют