» » Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Qozog‘iston rahbarini joriy yil 9-iyun kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdan tashqari Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti sayloviga nomzod etib ilgari surilgani bilan qutladi hamda ushbu muhim siyosiy tadbirning o‘tkazilishida muvaffaqiyat tiladi.

Davlat rahbarlari Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning joriy yil 14—15-aprel kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan ilk davlat tashrifi natijalarini yuksak baholadi.

Sanoat, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalarda aniq loyihalarni amalga oshirish yuzasidan erishilgan kelishuvlar va aniq loyihalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizm yo‘nalishlarida faol hamkorlikni davom ettirish muhim ekani alohida qayd etildi.

O‘zbekistonda Qozog‘iston yilining ishbilarmonlikka oid tadbirlar va madaniy-gumanitar almashinuvlarga boy dasturi qardosh xalqlarning yanada yaqin bo‘lishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qozog‘iston Prezidenti tabrik va samimiy tilaklar uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Muloqot so‘ngida O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni strategik sheriklik, ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga tayangan holda mamlakatlar va xalqlar manfaatlari yo‘lida yanada mustahkamlashga qat’iy intilishlarini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют