» » IShID Shri-Lankadagi terrorchilik harakatlari uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi

IShID Shri-Lankadagi terrorchilik harakatlari uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi


IShID terrorchilik tashkiloti Shri-Lankadagi terrorchilik harakatlari uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

21-aprel kuni Shri-Lankada pasxa bayrami nishonlanayotgan cherkovlar va mehmonxonalarda 8 ta portlash bo‘lgan. Natijada 310 kishi halok bo‘lgan, 480 kishi jarohat olgan. Bu portlashlar uchun mahalliy guruh aybdor deb topilgan edi, lekin rasman bu e’lon qilinmagan edi.

Shri-Lanka rasmiylari mamlakatdagi terrorchilik harakatlari mahalliy islom ektremistlari tomonidan Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch shahridagi masjidga bo‘lgan hujumlarga javoban qilganini rasman e’lon qildi.

15-mart kuni qurollangan odamlar Kraystchyorchdagi masjidga kirib, otishma uyushtirgan. 50 kishi halok bo‘lgan, 48 kishi jarohatlangan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют