» » Fotoreportaj: Toshkentdagi bekatlarda bepul Wi-Fi ishlay boshladi

Fotoreportaj: Toshkentdagi bekatlarda bepul Wi-Fi ishlay boshladi


Toshkentdagi Oloy bozori qarshisida va Oybek metrosida joylashgan avtobus bekatlarida bepul Wi-Fi ishlay boshladi. Loyihaning ochilish marosimi 16-martda Oloy bozori qarshisidagi avtobus bekatida bo‘lib o‘tdi.

Avtobus bekatlarida ishlay boshlagan bepul Wi-Fi “BRAVO-FARMA” MChJ kompaniyasining ijtimoiy loyihasi doirasida ishga tushirildi. Kompaniyaning operatsiyalar bo‘yicha direktori Manish Kumar Shantaning ma’lum qilishicha, loyiha O‘zbekiston xalqiga Navro‘z bayrami munosabati bilan kompaniya tomonidan qilingan sovg‘a.

Oloy bozori qarshisidagi bekat smartfonlarni quvvatlantiradigan moslamalar, yo‘lovchi transportlarining harakatlanish xaritasi hamda qo‘l uchun antiseptik gel dozatorlari bilan jihozlangan Toshkent shahridagi yagona avtobus bekati hisoblanadi.

Loyihaning kengaytirilishi rejalashtirilmoqda. Keyingi bosqichlarda bepul Wi-Fi nuqtalari “Istiqlol” san’at saroyi, “Buyuk Ipak Yo‘li” metrosi yonidagi bekatlarda, istirohat bog‘larida, shuningdek, universitetlar, shifoxonalar va boshqa jamoat obyektlarida o‘rnatiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (16-03-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют