» » Qo‘shrabotda sel vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ketayotgan YPX xodimining mashinasi YTHga uchradi

Qo‘shrabotda sel vaqtida harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ketayotgan YPX xodimining mashinasi YTHga uchradi


21-aprel kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida Nexia va Lacetti mashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu avariya haqida “Daryo”ga xabar yuborgan mushtariy YTHni tuman IIB YHXB boshlig‘i o‘ziga tegishli Nexia mashinasida svetoforda turgan Lacetti mashinasini orqa tomondan kelib urgani haqida ma’lum qildi. Tuman Tergov bo‘limi boshlig‘i Zokir Ochilovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, YTHga tuman YHXB boshlig‘ining aloqasi yo‘q. Nexia mashinasi tuman IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori leytenant Jamshid Mamitovga tegishli bo‘lgan.

Zokir Ochilov bergan ma’lumotga ko‘ra, 21-aprel kuni soat taxminan ertalabki 06:10 atrofida Qo‘shrabot tuman IIB navbatchilik qismiga tumanning Qo‘rolos mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Y.M. telefon orqali murojaat qilgan. Y.M. o‘z murojaatida Lacetti rusumli avtomashinasida tuman markazida joylashgan avtoshohbekat yonida joylashgan svetoforda to‘xtab turgan vaqtda orqa tomonidan harakatlanib kelayotgan Nexia mashinasi uning boshqaruvida bo‘lgan avtomashinaga urilganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan voqea sodir bo‘lgan joyga yetib borgan tuman tezkor tergov guruhi sodir bo‘lgan avtohalokatga aniqlik kiritgan. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, shu kuni soat taxminan 05:30 atroflarida tuman markazidan o‘tuvchi “Marjonbuloq-Zarmitan-Qo‘shrabot” 4r-43 avtomobil yo‘lining 108 kilometrida haydovchi J.A. boshqaruvida bo‘lgan, Qo‘shrabot tumani IIB YHXG katta inspektori leytenant Jamshid Mamitovga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinani Zarmitan yo‘nalishida boshqarib kelgan. J.A. boshqaruvni yo‘qotishi natijasida chorrahada to‘xtab turgan Lacetti avtomobiliga orqa tomonidan kelib urgan. Avtohalokatda hech bir shaxsga tan jarohatlari yetkazilmaganligi sababli haydovchilar o‘zaro kelishgan holda voqea joyidan avtomashinalarni olib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida “Nexia” avtomashina boshqarib kelgan haydovchi 1988-yilda tug‘ilgan J.A.ning so‘zlariga ko‘ra, tuman IIB YHXG boshlig‘i Jamshid Mamitov 21-aprel kuni soat 05:30 atrofida uning uyiga kelgan. Inspektor tuman hududidan o‘tgan “Mitan–Qo‘shrabot–Nurota” yo‘lning 33-kilometridan o‘tgan soyda sel oqimi kuchli bo‘lgani, o‘sha yerda transport vositalarining harakat xavfsizligini ta’minlash uchun borishi kerakligini aytgan. Jamshid Mamitov juda charchagani uchun J.A.dan mashinani boshqarib borishda yordam so‘ragan. J.A. rozilik bergan. J.A. kuchli yog‘ingarchilik natijasida rul boshqaruvini yo‘qotib svetoforda to‘xtab turgan Lacetti avtomashinasining orqa tomonidan borib urib yuborgan. YTH sodir bo‘lgan vaqtda tuman IIB YHXG boshlig‘i Jamshid Mamitov yo‘lovchi sifatida ketayotgan bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

J.A.ning so‘zlariga ko‘ra, Lacetti haydovchisi Y.M. unga tanish bo‘lgan. J.A. Lacetti mashinasini ta’mirlab berishni o‘z bo‘yniga olgan va Y.M. bilan kelishib olgan. Shu sababli Jamshid Mamitov ushbu holatni hujjatlashtirmagan.

Y.M. ham J.A.ning so‘zlarini tasdiqlab, J.A. mashinani ta’mirlashga so‘z berganidan so‘ng kelishuvga rozi bo‘lib, avtomobilini ustaxonaga olib borganini ma’lum qilgan. Hech kim jarohat olmagani, J.A. yetkazilgan zararni qoplab bergani uchun Y.M. tergovda va sudda J.A.ga nisbatan da’vosi yo‘qligini aytgan. Ammo Y.M. nima uchun J.A. bilan tezda kelishib olgan bo‘lsa, YTH sodir bo‘lganidan 40 daqiqa o‘tib Qo‘shrabot tuman IIB navbatchilik qismiga murojaat qilganiga oydinlik kiritmagan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют