» » “Humo Arena”da Rossiya jamoalari ishtirokida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etiladi

“Humo Arena”da Rossiya jamoalari ishtirokida o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etiladi


Joriy yilning 27—29-aprel kunlari Toshkentdagi “Humo Arena” muz saroyida xokkey bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilotchilar “Daryo”ga xabar berdi.

Unda Rossiyaning mashhur klublari — “Dinamo”, “Spartak”, “Traktor”ning yoshlar jamoasi hamda Toshkentning “Humo” klubi ishtirok etadi. “To‘rtlik” musobaqasi zamonaviy hamda jahon standartlariga mos muz saroyida o‘tkazilayotgan dastlabki sport musobaqasi bo‘ladi.

Bu esa O‘zbekiston hamda Rossiya xokkey federatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni amalga oshirishda muhim qadam vazifasini o‘taydi.

Eslatib o‘tamiz,  joriy yilning 1-aprel kuni Moskvada ikki davlat xokkey federatsiyalari o‘rtasida memarandum imzolangan bo‘lib, u turli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik tamoyillarini belgilab beradi — xokkey bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish, ikki mamlakat bolalar va yoshlar jamoalari o‘rtasida musobaqalar va boshqa tadbirlar tashkil etishdan iborat.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют