» » Moskva viloyatidan bo‘lgan shifokor notanish kampir uchun hayotini qurbon qildi

Moskva viloyatidan bo‘lgan shifokor notanish kampir uchun hayotini qurbon qildi


Moskva viloyatining Mitishi shahrida yashovchi ginekolog shifokor Nana Adamadze notanish ayolni qutqarish uchun hayotini qurbon qildi. Bu haqda “MK.ru” nashri xabar bermoqda.

Shifokor ayol qulog‘i og‘irligi tufayli poyezd yaqinlashayotganligini eshitmagan kampirni qutqarib, o‘zi poyezd ostida qoldi. Nana Shotayevna keksa ayolni itarib yubordi, u tirik qoldi. Biroq ayol o‘z hayotini saqlab qola olmadi.

Hodisa 9-mart kuni yuz bergan, biroq bugungi kunga qadar 68 yoshli ayolning jasorati haqida faqat uning yaqinlari, hamkasblari va bemorlari xabardor edi.

Voqea guvohlarining so‘zlariga qaraganda, keksa ayol umuman eshitmaganligi tufayli elektrichka va odamlar ovozini eshitmagan. Unga yordamga shoshilgan Nana poyezd g‘ildiraklari ostida qolgan. Kampir esa aftidan nima yuz berganligini payqamasdan, yo‘lida davom etgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 14:43)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют