» » Jizzaxda Amerikaning “Alfa Eko” kompaniyasi soya o‘simligini yetishtiradi

Jizzaxda Amerikaning “Alfa Eko” kompaniyasi soya o‘simligini yetishtiradi


Jizzax viloyat hokimligi va AQSh’ning nufuzli “Alfa Eko” kompaniyasi negizida tashkil topgan “Amerika soya loviyasi korporatsiyasi” (American soybean corporation) o‘rtasida viloyat dalalarida soya yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi, bu haqda “Xalq so‘zi” xabar qiladi.

“Yurtingizning iqlimi, tabiiy sharoiti, quyoshga to‘yingan tuproq soya yetishtirish va uni parvarishlash uchun juda mos keladi. Biz, dastlabki yili 100 gektar maydonda dehqonchilik qilamiz, O‘zbekistonga moslab urug‘ navini yaratamiz, uning hosildorligini oshirish chorasini ko‘ramiz, mahalliy mutaxassislarni tayyorlaymiz hamda ularni Amerikada o‘qitib kelamiz”, — deydi American soybean corporation prezidenti Fima Potik.

Memorandum doirasida viloyatga 300 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritishga erishildi. Shuningdek, soyani ekish, qayta ishlash, tayyor mahsulot holatiga keltirish, ichki bozorni ta’minlash, ortiqchasini xorijga eksport qilish, yangi logistika markazlarini qurish hamda klaster tashkil etish, soya chiqindisidan chorva mollari uchun ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha ham kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют