» » Tesla to‘laqonli avtopilot va robotaksi servisini taqdim etdi

Tesla to‘laqonli avtopilot va robotaksi servisini taqdim etdi


Ilon Mask Tesla to‘laqonli avtopilotini taqdim etdi, deb xabar berdi TJournal.

Kompaniya rahbari 2020-yilga kelib butunlay avtomat ravishda boshqariladigan avtomobillar uchun ruxsatnoma olishini ma’lum qilgan. Bu haqda Ilon Mask Tesla Autonomy Day tadbirida aytgan.

Xabarda aytilishicha, Tesla avtopiloti Full Self-Driving (FSD) Hardware 3 yangi dasturiy-qurilmaviy ta’minot moduli yordamida ishlaydi. Uning protsessori neyron tarmoqlar bilan ishlashga moslashtirilgan bo‘lib, barcha tizimlar, jumladan videokamera va quvvat olish ham nusxalashtirilgan.

Yangi modulning joriy etilishi Tesla mashinalariga shosselar va shahar ko‘chalari bo‘ylab A nuqtadan B nuqtaga harakatlanish, shuningdek yo‘l belgilari, svetaforlar, odamlar va hayvonlar, halokatlari va boshqa obyektlarni aniqlash imkonini beradi.

FSD Hardware 3 kompaniyaning 2019-yilning aprel oyidan boshlab chiqarilgan barcha elektromobillariga o‘rnatilgan va Tesla’ning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan chipda ishlaydi. Protsessorlar ishlab chiqarilishiga Samsung javobgar bo‘lib, ular Texasda tayyorlanadi.

Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, yangi modulning istalgan qismi ishdan chiqqan taqdirda ham to‘liq nusxalashtirish yordamida elektromobil ishlashda davom etadi. Tesla rahbarining aytishicha, tizimning butunlay izdan chiqishi ehtimoli haydovchi yurak xuruji sodir bo‘lishi ehtimolidan past.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют