» » “Forish” poligoni o‘quv bazasiga mingga yaqin kitob sovg‘a qilindi

“Forish” poligoni o‘quv bazasiga mingga yaqin kitob sovg‘a qilindi


23 aprel — “Butunjahon kitob va mualliflik huquqi kuni” munosabati bilan “Forish” poligonida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda Jizzax viloyati harbiy ma’muriy sektori bilan hamokrlikda “Shaxs kamolotida kitobxonlik madaniyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbirda viloyat harbiy-ma’muriy sektor rahbariyati, okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi vakillari qatnashgan.

“Tadbir davomida harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada shakllantirish, kitob insonning o‘z ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajagini yorqin ko‘rsatib borishga qodir mash’ala ekanligini tushintirish bo‘yicha chiqishlar qilindi”, — deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida harbiy-ma’muriy sektor hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan “Forish” tog‘ dala poligoni kutubxonasi fondi uchun mingga yaqin jahon va o‘zbek klassik adabiyoti namunalari sovg‘a qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 48) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют