WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina prezidentligiga saylangani bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina prezidentligiga saylangani bilan tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina prezidentligi saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan tabrikladi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘lik, hotirjamlik va ish faoliyatida muvaffaqiyatlar, qardosh ukrain xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.
“Aminmanki, an’anaviy do‘stlik tamoyillariga asoslangan o‘zbek-ukrain munosabatlari hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik mamlakatlarimiz va xalqlarimiz rivoji yo‘lida muntazam rivojlanadi va mustahkamlanadi”, — deyiladi O‘zbekiston Prezidentining tabrik xatida.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?
КТО НА САЙТЕ?
(
4)
(
0)
(
3)
(
1)





- отсутствуют
