» » Oqqon bilan kurashayotgan yana bir qizcha bizning yordamimizga muhtoj

Oqqon bilan kurashayotgan yana bir qizcha bizning yordamimizga muhtoj


Shahnoza Murotboyeva 2017-yil 9-martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan.

Onasining aytishicha, Shahnoza Murotboyeva 2019-yil 20-yanvarda Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti 1-bolalar klinikasi jonlashtirish bo‘limiga juda og‘ir ahvolda kelgan. Kasallik tana harorati yuqoriligi, antibiotiklar bilan ham tushmasligi, tanada ko‘karishlari bilan aslida, 2018-yil mart oyida boshlangan.

Shahnozaning Nukus shahridagi shifoxonalarda 10 oydan ortiq vaqt davomida davolangani bilan biroq, noto‘g‘ri tashxis sabab sog‘lig‘i ijobiy tomonga o‘zgarish o‘rniga salbiylashib borgan. Oila ancha sarson bo‘lgan. Viloyat, shahardagi shifoxonalarda sharoit yaxshi yetarli darajada bo‘lmaganligi va farzandining sog‘lig‘i kundan-kunga og‘irlashib borayotgani uchun poytaxtdagi Gematologiya markaziga olib kelishgan. Bu markazda unga 2019-yil 28-yanvarda o‘tkir leykoz, oqqon kasalligining 1-faol davri tashxisi qo‘yilgan.

“Hozirda farzandim ikkinchi kurs kimyoterapiya muolajalarini olib kelyapti. Imkon qadar o‘zimiz harakat qilyapmiz, lekin yetkaza olmayapmiz. Dorilari juda qimmatligi sabab ularni olishga qiynalib, kurslarni davom ettirishga va ijara to‘lovini o‘z vaqtida to‘lashga moddiy imkoniyatimiz yetmay qoldi.

Biz o‘tgan bir yilga yaqin vaqt davomida bor-yo‘g‘imizni sarflab, qarindoshlar-tanishlardan katta miqdorda qarz bo‘ldik. Hozirgi kunda ancha mablag‘ga muhtoj bo‘lib turibmiz.

Shuning uchun saxovatpesha insonlardan farzandimni navbatda turgan kurslar muolajasini to‘liq olishda imkon qadar xolis yordam berishlarini o‘tinib iltimos qilib qolaman”,— deydi qizaloqning onasi Albina Mirzaboyeva.

Shahnozaxon uzoq yillar davomida davolanib yurishi zarur. Shuningdek, ikki yil qo‘llab-quvvatlovdan keyin tabletka ichib yurishi kerak.

Barcha saxovatpesha insonlardan 2 yoshli Shahnozaning sog‘ayishida imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini so‘rab qolamiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme) 

Onasi Mirzaboyeva Albina nomiga ochilgan.

Xalq banki: 8600 0609 7115 7962

Agrobank: 8600 0417 9664 5423 

Agrobankning Toshkent shahar filialida Mirzaboyeva Albina Andirbayevna nomiga ochilgan rekvizitlari:

MFO: 00394

INN: 201 200 124 

Naqd pul topshirganda: 

2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 

2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa korxona-tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 

2312 0000 9000 0039 4001

Omonat hisob raqami:

22618000 799634 406500

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasini pasport ma’lumotlari:

Mirzaboyeva Albina Andirboyevna

Pasport raqami: KA 0606451

Onasining telefon raqami:

+99890 595 77 15 

Otasining telefon raqami:

+99891 3890991



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют