» » O‘zbekistonda ikkita harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekistonda ikkita harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoniga o‘rinbosarlar tayinlandi


Mudofaa vazirining buyrug‘iga ko‘ra Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi va Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoniga tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Polkovnik Iskandar Mallayev Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bunga qadar Iskandar Mallayev Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Iskandar Mallayev Donesk oliy harbiy-siyosiy muhandis va aloqa qo‘shinlari bilim yurti hamda Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan. 2014-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshaqarmasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Nuriddin Qodirov Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallagan.

Nuriddin Qodirov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini va Qurolli Kuchlar akademiyasini tamomlagan. Xizmati davomida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlarida quyi pog‘onalardagi qator lavozimlardan o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют