» » 25—28-aprel kunlari Toshkentda turk filmlari haftaligi bo‘lib o‘tadi

25—28-aprel kunlari Toshkentda turk filmlari haftaligi bo‘lib o‘tadi


25—28-aprel kunlari Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyda turk filmlari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ushbu haftalik Turkiya Madaniyat vazirligining Kino boshqarmasi va Yunus Emro instituti ko‘magi bilan “Avrasiya” nodavlat jamoatchilik hamkorligi fondi tomonidan tashkil etilmoqda.

Haftalikda turk kinoshinavandalari tomonidan yuqori baholangan filmlar namoyish qilinadi.

“Novvoy bobo”, “Ishq siri”, “Qashqirlar makoni: Vatan”, “Qiziquvchan bolalar: Dahliz voqeasi”, “Jigarim” kabi filmlar namoyishi rejalashtirilgan tadbirga “Novvoy bobo”, “Ishq siri” filmlarining rejissori Kurshat Kizbaz, aktrisa Hayat O‘ljay va “Qashqirlar makoni: Vatan” filmidagi Umar bobo roli bilan tomoshabinlar mehrini qozongan taniqli aktyor Emin O‘ljay ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют