» » O‘zbekistonlik yana bir yigit rossiyalik blogerdan Porsche Cayenne yutib oldi

O‘zbekistonlik yana bir yigit rossiyalik blogerdan Porsche Cayenne yutib oldi


O‘zbekistonlik Qozimbek Sobirov rossiyalik bloger Xiza (@khiza_13) o‘zining Instagram sahifasida o‘ynalgan Porsche Cayenne mashinasini yutib oldi. Bu haqda Repost xabar berdi.

Tanlov shartiga ko‘ra, bloger o‘z obunachilari orasida uchta sport-kar o‘ynagan. Tanlovda ishtirok etish uchun Instagram sahifasida #TachkiOtXizi xeshtegi ostita surat joylash kerak bo‘lgan. Bir necha kun ichida ushbu xeshteg ostida 30 mingdan ortiq suratlar joylangan. Shundan so‘ng bloger tasodifiy tanlash yo‘li orqali g‘oliblarni aniqlagan.

Tanlov g‘olibi ma’lum qilinganidan so‘ng o‘zbekistonlik g‘olibning sahifasiga obuna bo‘lgan foydalanuvchilarning soni 11 mingdan oshgan. Biroq ko‘p o‘tmay, uning sahifasiga kirib bo‘lmay qolgan (aftidan, u buzilgan).

Lekin blogerning o‘zi mashinani haqiqatan ham o‘zbekistonlik yigit yutib olganini tasdiqlagan. U mashina topshirilishi bilan bog‘liq tafsilotlarni bir necha kundan so‘ng baham ko‘rishga va’da bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik yigit Laziz Hoshimov rossiyalik bloger Mixail Litvindan Bentley mashinasini yutib olgani haqida xabar bergan edik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют