» » Namanganda O‘zbekiston — Qirg‘iziston chegarasidagi Podshoota daryosidan samarali foydalanish masalasi muhokama qilindi

Namanganda O‘zbekiston — Qirg‘iziston chegarasidagi Podshoota daryosidan samarali foydalanish masalasi muhokama qilindi


22—23-aprel kunlari Namangan shahrida Podshoota daryosining o‘zbek va qirg‘iz qismlari bo‘yicha Kichik Havza Kengashining ikkinchi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda USAID’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilish Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) tomonidan mintaqadagi mamlakatlar va Afg‘onistonda AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning moliyaviy ko‘magi ostida amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda suv, ta’lim va hamkorlik” (Smart Waters) loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Loyiha faoliyatining yo‘nalishlaridan biri dastlabki hudud tariqasida Qirg‘iziston va O‘zbekiston (Namangan viloyati) hududlarini qamrab oluvchi Podshoota daryosi havzasi bilan bog‘liq.

“Umumiy suv resurslariga oshib borayotgan talab va ularning zahiralari kamayishi boshqaruvni yaxshilash va samarali foydalanish uchun mintaqaviy va davlatlararo yaqindan hamkorlik qilishni talab etmoqda. Mamlakatlar suv resurslarini samarali boshqarishi uchun ular haqidagi umum qabul qilingan va aniq bo‘lgan ma’lumotlarni olish imkoniga ega bo‘lishi ayniqsa muhim”, — ta’kidladi USAID Markaziy Osiyo tarmog‘ining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Geri Robbins.

Podshoota daryosining suv resurslari boshqaruviga havzaviy yondoshuvni targ‘ib etish hamda suv resurslari boshqaruvi sohasida ikki tomonlama hamkoroikni mustahkamlash maqsadida daryoning har ikki qismida manfaatdor davlat va nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat “kichik havza kengashlari” (KHK) tashkil etildi.

Tadbirning birinchi kunida Podshoota daryosining O‘zbekistondagi qismi bo‘yicha KHK majlislar zalining tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Keyin Yangiqo‘rg‘on tuman hokimiyati ko‘magi ostida tashkillashtirilgan demo-tur davomida ishtirokchilar Eski yer suv ombori, G‘alaba-1 nasos stansiyasi, Koreya va Isroil texnologiyalarini qo‘llagan holda pomidor yetishitirishga mo‘ljallangan issiqxona, tomchilab sug‘orish tizimi o‘rnatilgan yirik mevali bog‘ singari ob’ektlarga tashrif buyurishdi.

Bunday demo-tur mutaxassislar va Podshoota daryosining Qirg‘izistondagi qismi bo‘yicha KHK vakillariga suv resurslarini boshqarish, tomchilab sug‘orishni joriy etish va suv tejovchi texnologiyalardan foydalanayotgan fermerlar uchun hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi bilan tanishish imkonini berdi.

“Smart Waters loyihasi tufayli bizning kichik havza kengashlarimiz tuzildi. Mana, ikki yildirki, O‘zbekistondagi hamkasblarimiz bilan faol ravishda hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Hozirda bizning vazifamiz – shu hamkorlikni yaxshilash va mustahkamlash, suv resurslarini boshqarish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etish, o‘zaro foydali, manfaatli qarorlar qabul qilishdan iborat. Men Yangiqo‘rg‘on tuman hokimiga ikkinchi KHK uchrashuvini shu yerda – Podshoota daryosining O‘zbekistondagi qismida o‘tkazish imkoniyati hamda suv ob’ektlari va fermer xo‘jaliklarini namoyish etgani uchun minnatdorchilik bildiraman”, — ta’kidladi Podshoota daryosining Qirg‘izistondagi qismi bo‘yicha KHK raisi Masalbek Mirzamamitov.

23-aprel kuni o‘tkazilgan majlis davomida ishtirokchilar Podshoota kichik transchegaraviy daryosi suv resurslarini boshqarish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama etishdi. Xususan, daryoning Qirg‘izistondagi qismidagi tayanch punktini hamkorlikda ta’mirlash, shuningdek suv resurslarining hisobini tezkor va aniq yuritish uchun suv o‘lchovchi uskunalarni o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqildi.

So‘ngra O‘zbekiston tomonidan Qirg‘izistondagi hamkasblarga suv xo‘jaligi faoliyatida foydalanish uchun maxsus texnikaning vaqtinchalik taqdim etilishi masalasi o‘rtaga tashlandi. Yana bir masala – Namangan viloyatida Podshoota daryosining Qirg‘izistondagi qismida ekoturizm to‘g‘risida uni keyinchalik rivojlantirish maqsadida ma’lumot tarqatilishiga ko‘maklashish bo‘ldi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar joriy yilning 12—14-iyun kunlari ilk Podshoota daryosi kunini Qirg‘iziston Respublikasi hududida o‘tkazishga qaror qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют