» » O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 7,5 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 7,5 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi


Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 7,5 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Bu “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmonida ko‘zda tutilgan.

9-may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlari moddiy rag‘batlantiriladi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlaydi.

O‘tgan yili Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 million so‘m pul mukofoti berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют