» » Ozbekistonda Ikkinchi jahon urushi faxriylari tugilib osgan kochalarga ularning nomlarini berish boshlanadi

Ozbekistonda Ikkinchi jahon urushi faxriylari tugilib osgan kochalarga ularning nomlarini berish boshlanadi


Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qarori elon qilindi.

Hujjat mamlakatda 9-may Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayramini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga hissa qoshgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogida halok bolgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, barcha faxriylarga hurmat korsatish maqsadida qabul qilindi.

Bosh vazirga

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryola tolanadigan pul mukofotini tantanali ravishda topshirish;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat korsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega xodimlarni (shartnoma asosida) biriktirgan holda doimiy ravishda patronaj xizmatini tashkil qilish;

Ikkinchi jahon urushiga Ozbekistondan ketib galabaga ozining beqiyos hissasini qoshgan va urush qahramoni bolgan faxriylar nomlarini abadiylashtirish maqsadida ozlari tugilib osgan kochalarga ularning nomlarini berish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining istaklari asosida ularni respublika hududidagi sanatoriyalarga bepul yuborilishini tashkil etish;

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy texnika namoyishini tashkil etish;

Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushiga aloqador arxivdan olingan foto va hujjatlar korgazmasini tashkil etish va boshqalar yuklatildi.

Shuningdek,Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida2019-yil 9-may soat 21:00 da Xotira va Qadrlash kuniga bagishlangan bayram salyutini tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-04-2019, 19:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -