» » “Real”ning asosiy transfer nishonlari ma’lum — Pogba va Azar

“Real”ning asosiy transfer nishonlari ma’lum — Pogba va Azar


“Tottenhem”ning daniyalik yarim himoyachisi Kristian Eriksen katta ehtimol bilan yozda Madridning “Real” klubiga o‘tmaydi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.

Shu kunga qadar Madrid klubi 27 yoshli daniyalik uchun kurashda yetakchilik qilayotgandi. Uning “shporlar” bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning yoziga qadar amalda bo‘ladi. Futbolchining transfer narxi 60 million yevroga baholanmoqda.

Nashr xabariga ko‘ra, “Real”ning Eriksenga bo‘lgan qiziqishi susaygan. Endilikda Eden Azar hamda Pol Pogba ispanlarning asosiy maqsadiga aylangan.

“Qirollik klubi” “Chelsi” va “Manchester Yunayted” yarim himoyachilari uchun 200 million funtdan ortiq mablag‘ sarflashga tayyorligi, ta’kidlanadi xabarda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют