» » IIV Qoraqalpog‘istonda fuqaro va xodim o‘rtasida kelib chiqqan ziddiyatli holatga oydinlik kiritdi

IIV Qoraqalpog‘istonda fuqaro va xodim o‘rtasida kelib chiqqan ziddiyatli holatga oydinlik kiritdi


Ijtimoiy tarmoqlarda “Qoraqalpog‘istonda GAI xodimi va haydovchi o‘rtasida janjal kelib chiqdi” nomi bilan tarqatilgan videodagi holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘rganib chiqildi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

2019-yilning 21-aprel kuni soat 16.30 larda Amudaryo tumani Mang‘it shahri Barkamol avlod ko‘chasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga jalb qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX inspektori safdor M.Tanirbergenov xizmat olib borayotgan vaqtida, shu ko‘chada yo‘l bo‘yiga Nexia rusumli davlat raqam belgisi 95 291 TTA bo‘lgan taksi avtomashinasi kelib to‘xtagan. Avtomashina ichidan mast holatda bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchilar Maxmudov Muzaffar va Axmedov Ma’rufjonlar tushib, mazkur avtomashina haydovchisi bilan kira haqi borasida o‘zaro kelishmasdan janjallashib qolib, mast holatdagi yo‘lovchilardan biri avtomashinaning orqa o‘ng eshik oynasini sindirib yuborgan.

Shu yerda xizmat olib borayotgan safdor M.Tanirbergenov mazkur janjal haqida Amudaryo tuman IIB navbatchilik qismiga tezkor guruh yuborishini so‘rab xabar bergan hamda o‘zi ushbu janjallashayotgan fuqarolarning yoniga tinchlantirish maqsadida borib, ularni ajratayotganida, mast holatdagi yo‘lovchi M.Maxmudov Nexia rusumli davlat raqami belgisi 95 291 TTA bo‘lgan avtomashinaning chap tomon orqa eshigini jahl bilan qattiq yopib yuborgani natijasida, safdor M.Tanirbergenovning o‘ng qo‘l barmoqlari qattiq qisilgan. Buning natijasida safdor M.Tanirbergenov og‘riqqa chidamasdan mast holatdagi yo‘lovchi M.Maxmudovning yuziga shapaloq bilan bir marta urib yuborgan.

Safdor M.Tanirbergenov olgan jarohati yuzasidan Amudaryo tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan va “o‘ng qo‘l 4-barmog‘i tirnalib kesilgan” jarohati olganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma rasmiylashtirilgan. Safdor M.Tanirbergenov shu kuni yuqoridagi avtomashinaga yetkazilgan zarar, o‘zining olgan jarohati hamda sodir bo‘lgan holat yuzasidan o‘z rahbariyati nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan va mazkur bildirgi tuman IIBda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 2019-yil 21-aprel kuni avtomashina haydovchisi Amudaryo tumani IIB boshlig‘i nomiga yuqoridagi holatlar yuzasidan ariza bilan murojaat qilib, unda fuqarolar M.Maxmudov va M.Axmedovlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Fuqarolar M.Maxmudov va M.Axmedovlarni spirtli ichimlik iste’mol qilganliklari bo‘yicha ma’lumotnoma olinib, ular jamoat joylarida spirtli ichimlik ichib shovqin chiqarganliklari uchun ushlab turish bayonnomasi rasmiylashtirilib, Amudaryo tumani IIB hushyorxonasiga joylashtirilgan.

Safdor M.Tanirbergenovni fuqaro M.Maxmudovning yuziga shapaloq urgani holati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, natijaga ko‘ra uni lavozimdan ozod etish yuzasidan taklif kiritilgan. Kechirimlilik, insoniylik va kattaga hurmat nuqtai nazaridan safdor M.Tanirbergenov fuqaro M.Maxmudovning xonadoniga borib, undan kechirim so‘rab, o‘zaro yarashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют