» » Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi, suv ostida qolgan Samarqand va Toshkent, Rossiyaga borgan Kim Chen In va kunning boshqa xabarlari

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi, suv ostida qolgan Samarqand va Toshkent, Rossiyaga borgan Kim Chen In va kunning boshqa xabarlari


24-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Pekinga keldi.

Davlat rahbari u yerda “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisi Li Chjanshu bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Shuningdek, forumda ishtirok etadigan xorijiy davlatlar delegatsiyalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ham muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

***

Toshkent shahrida kuzatilayotgan kuchli yomg‘ir natijasida erta tongdan ko‘chalarni suv bosdi.

Samarqand shahrining markaziy ko‘chalaridan birida suv toshqini kuzatildi.

Yog‘ingarchilik tufayli Samarqand shahrining Dahbet ko‘chasidagi uylardan birining devorining bir qismi qulab tushgan.

Samarqand viloyati Payariq tumanida kelayotgan sel esa katta jarlik hosil qildi.

Shuningdek, kuchli yomg‘ir Urgutda yarim million aholini chiroqsiz qoldirdi.

Toshkent ko‘chalarining birida yomg‘ir sabab daraxt avtomobillar ustiga yiqildi.

***

Kim Chen In Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Rossiyaga keldi.

U ertaga, 25-aprel kuni Vladimir Putin bilan  uchrashadi. Prezidentlar ikki tomonlama munosabatlar va yadroviy qurolsizlantirish masalalarini muhokama qiladi.

***

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 7,5 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi.

9-may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlari moddiy rag‘batlantiriladi.

***

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi faxriylari tug‘ilib o‘sgan ko‘chalarga ularning nomlarini berish boshlanadi.

Bu “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют