» » Namangandagi mol bozorida qarindoshini pichoqlagan 24 yashar yigit ushlandi

Namangandagi mol bozorida qarindoshini pichoqlagan 24 yashar yigit ushlandi


Namangan shahri, “Yangi asr” mahallasida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan O.M. Namangan shahridagi chorva mollari bozorida qarindoshi M.M. (1993-yilda tug‘ilgan) bilan o‘zaro qarz oldi-berdisi masalasida janjallashib qolganlarida bozordagi fuqarolar tomonidan ajratilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Shunga qaramay, O.M. janjaldan so‘ng M.M.ni qasddan o‘ldirish maqsadida yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan uning orqa tomonidan hujum qilib, bir necha marotaba pichoq urgan, biroq jinoiy harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda oxiriga yetkaza olmay, hodisa joyidan qochib yashiringan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamlar natijasida M.M.ning hayoti saqlab qolingan.

Ushbu holat yuzasidan shu kunning o‘zida Namangan shahar prokuraturasi tomonidan O.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O.M. tegishli protsessual tartibda ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют