» » Toshkent harbiy okrugida qoshinlar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi (foto)

Toshkent harbiy okrugida qoshinlar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi (foto)


Bugun, 24-aprel kuni tongda berilgan signal boyicha Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan harbiy qism va muassasalar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Daryoga xabar berdi.

Qurolli Kuchlar bosh shtabi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoshinlari hamkorligidagi oquv dasturiga kora, 2425-aprel kunlari Toshkent viloyatining chegara hududlarida navbatdagi hamkorlikdagi qomondonlik-shtab oquvlari bolib otadi.

Mashgulotlarning ssenariysi boyicha Toshkent viloyati Ohangaron tumani chegara postlaridan birida bir guruh shartli noqonuniy qurollangan jangarilar todasi davlat chegarasini buzib otishga uringani haqida malumot kelib tushadi. Chegara posti navbatchilik bolinmalari olingan xabarni zudlik bilan hamkorlikdagi kuch tuzilmalarining hududiy bolinmalari hamda tegishli idoralarga yetkazadi. Toshkent harbiy okrugi qoshinlari qomondonligida olingan shartli signal boyicha qoshinlar yuqori jangovar shaylik holatiga keltirilib, jangovar texnikalardan iborat kolonnalar belgilangan joyga yol oladi.

Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamkorligida tashkil etilgan taktik oquvlarga jami 500 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar, 100 dan ortiq harbiy texnika, shuningdek, Havo hujumidan mudofaa qoshinlari va Harbiy havo kuchlarining vertolyot aviatsiyasidan 4 ta uchish apparati jalb etilgan.

Kunning ikkinchi yarmida Mudofaa vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoshinlari bolinmalari bilan birgalikda noqonuniy qurollangan shartli jangarilar todasini yoq qilish operatsiyasi otkazildi.

Amaliy mashgulotlar harbiy boshqaruv organlari ortasida jipslikni taminlash, qoshinlar, shtab va qomondonlik tarkibida amaliy konikmalarni yanada shakllantirishdan iborat.

Hamkorlikdagi mashqlarning 2-bosqichi ertaga, 25-aprel kuni Chirchiq dala oquv maydonida davom etadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-04-2019, 22:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -