» » La Liga. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Atletiko” “Valensiya”ni bazo‘r yutdi (video)

La Liga. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Atletiko” “Valensiya”ni bazo‘r yutdi (video)


24-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 34-turida Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” jamoasi o‘z maydonida “Valensiya”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida madridliklar hujumchisi Alvaro Morata Xuanfran uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 36-daqiqaga kelib “ko‘rshapalaklar” hujumchisi Kevin Gameyro hisobni tenglashtirdi (1:1). 49-daqiqada esa fransiyalik Antuan Grizmann raqib darvozasini ishg‘ol qildi (2:1). 77-daqiqada Yan Oblak darvozasi tomon penalti belgilandi va undan mehmon jamoa yarim himoyachisi Daniel Parexo unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi (2:2). Oradan 4 daqiqa o‘tib “Atletiko” safida zaxiradan maydonga tushgan Anhel Korrea jamoasining 3-goliga mualliflik qildi (3:2).

Shu tariqa “Atletiko” o‘z uyida “Valensiya”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Madrid klubining ochkolari soni 71 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalidagi o‘rnini mustahkamlab oldi (2-o‘rin).

La Liga

34-tur bahsi

Gollar: 1:0 — 9 Morata, 1:1 — 36 Gameyro, 2:1 — 49 Grizmann, 2:2 — 77, penalti, Parexo, 3:2 — 81 Korrea

“Atletiko Madrid”: Oblak, Xuanfran, Savich, Godin, Filipe Luis (Korrea, 64), Koke, Nyiges, Ernandes, Lemar (Partey, 71), Morata (Arias, 84), Grizmann

“Valensiya”: Murara Neto, Vass, Garay, Diakabi, Gayya, Soler, Parexo, Koklen, Gedesh (Sobrino, 59), Gameyro, Mina

Ogohlantirishlar: Soler (22), Morata (48), Filipe Luis (56), Sobrino (73), Diakabi (90+2)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют