» » Italiya Kubogi. “Milan” “Latsio”ga yutqazib qo‘ydi (video)

Italiya Kubogi. “Milan” “Latsio”ga yutqazib qo‘ydi (video)


24-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida Jennaro Gattuzo boshliq “Milan” klubi o‘z maydonida Simone Inzagi boshqaruvidagi Rimning “Latsio” jamoasini qabul qildi.

Bellashuvdagi yagona gol 58-daqiqada kiritildi. Unga rimliklar yarim himoyachisi Karlos Korrea mualliflik qildi (1:0).

Shu tariqa milanliklar “Juzeppe Meatssa”da bo‘lib o‘tgan bahsda “Latsio”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqa bilan xayrlashdi.

Eslatib o‘tamiz, “Latsio” finalda “Atalanta”—“Fiorentina” (dastlabki o‘yin — 3:3) uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Italiya Kubogi

1/2 final bahslari

24-aprel, chorshanba

Gol: 0:1 — 58 Korrea

“Milan”: Reyna, Kaldara (Kutrone, 65), Romanoli, Kalabriya (Konti, 40), Musakko, Bakayoko, Laksalt, Kastilyexo (Chalxano‘g‘lu, 57), Kessie, Suso, Pyontek

“Latsio”: Strakosha, Luis Felipe, Acherbi, Bashtush, Romulo, Luis Alberto (Badel, 85), Lulich, Korrea (Kaysedo, 75), Milinkovich-Savich (Parolo, 15), Leyva, Immobile

Ogohlantirishlar: Luis Felipe (37), Musakko (70), Kaysedo (78), Bakayoko (79).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 40) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют