» » Tramp fuqarolari viza tartibini buzib, AQShda qolib ketayotgan mamlakatlarga chora ko‘rish rejalarini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi

Tramp fuqarolari viza tartibini buzib, AQShda qolib ketayotgan mamlakatlarga chora ko‘rish rejalarini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi


AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z ma’muriyatiga fuqarolari AQShga qonuniy yo‘l bilan kirib, viza muddati yakuniga yetganidan keyin ham Amerikada qolib ketayotgan mamlakatlarga nisbatan “ayovsiz choralar” qabul qilish rejasini ishlab chiqish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.

USA Today’ning yozishicha, AQSh davlat kotibi va Ichki xavfsizlik departamenti rahbari to‘rt oy muhlat ichida viza muddatini o‘tkazib yuborishning oldini olish choralarini prezidentga taqdim etishi kerak. Ushbu choralar fuqarolari AQShda vizasining muddati tugaganidan keyin ham ko‘p qolib ketayotgan mamlakatlarni jazolash, shuningdek, xorijiy sayohatchilardan AQShga kirish vaqtida mamlakatni tark etayotganida qaytarib beriladigan garov pulini kiritish talabini joriy etishni nazarda tutadi.

Pew taqdiqot markazining 2006-yilgi hisob-kitoblariga ko‘ra, AQShdagi 11 million noqonuniy muhojirning qariyb yarmi mamlakatga qonuniy vizalar bilan kirgan, biroq vizaning amal qilish muddati yakuniga yetganidan keyin ham mamlakatda qolishga qaror qilgan. Shu yo‘sinda ular deportatsiya tahdidi ostidagi noqonuniy muhojirlarga aylangan.

AQSh ma’muriyati fuqarolari viza tartibini buzayotgan mamlakatlarni jazolamoqchi ekani, ushbu mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham borligi haqida xabar berilgan edi. 2017-yil ma’lumotlariga ko‘ra, AQShga biznes va sayyohlik vizasi bilan kirgan 10 mingdan ziyod o‘zbekistonliklarning 5,55 foizi viza muddati tugaganidan keyin ham AQShda qolib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 24) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют