» » Deputatlar Bosh vazir o‘rinbosariga maktablarda tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha so‘rov yuborishga qaror qildi

Deputatlar Bosh vazir o‘rinbosariga maktablarda tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha so‘rov yuborishga qaror qildi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlisda dastlab “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Tahlillarga qaraganda, xalq tabobati faoliyatining muvofiqlashtirilmasligi va nazorat qilinmasligi sababli hamda ayrim tabiblar tomonidan sifatsiz xizmatlar ko‘rsatilishi natijasida iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarining buzilishiga sabab bo‘layotganini ko‘rsatmoqda.

Buni Oliy sud tomonidan 2010—2017-yillarda tabiblar xizmatlaridan foydalanuvchi aholining huquqlari buzilishi bilan bog‘liq 1529 ta ish ko‘rib chiqilgani ham yaqqol tasdiqlaydi.

Deputatlarning fikricha, ushbu qonun loyihasi xalq tabobati sohasini tartibga soluvchi qonunchilikni shakllantirishga asos bo‘ladi. Shuningdek, xalq tabobati usulida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda tibbiy ta’lim ma’lumoti mavjudligi talabidan tashqari amalga oshirilishiga, Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan xizmat ko‘rsatish hajmi va tartibiga, sanitariya qoida va normalariga muvofiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilishiga, soxta tabiblar faolitiga chek qo‘yilishiga imkon beradi.

Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Majlisda birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan navbatdagi masala —“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham muhokamalarga boy bo‘ldi.

Qonun loyihasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini fuqarolik muomalasiga jalb qilish yo‘li bilan kelgusida tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, xususiy mulkchilikni rivojlantirish, uning unumli foydalanilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, foydali qazilma konlari, davlat mulkiga tegishli bo‘lgan xususiylashtirilmaydigan strategik obyektlar, tabiatni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash, rekreatsion, tarixiy-madaniy maqsadlarda, o‘rmon va suv fondi yerlari, shuningdek, erkin iqtisodiy, kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi.

Qonun loyihasi doirasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljalanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasida vakolatli organlarning doirasi, ularning vakolatlari va hamkorligi belgilanadi.

Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan mamlakat hududlariga chiqilib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ahvolini o‘rganish ishlari davomida joylardagi umumta’lim maktablarida tibbiy xizmat yetarli tashkil qilinmagani, chunonchi, vrach-pediatr va maktab hamshirasi shtati juda kam miqdorda ajratilgani, natijada ko‘pgina maktablarda tibbiyot xonasi faoliyat yuritmayotgani aniqlandi.

Majlisda deputatlar muammoning ko‘lami hamda dolzarbligini inobatga olgan holda, ushbu masala yuzasidan Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovga Qonunchilik palatasining “Umumta’lim maktablarida tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi parlament so‘rovini yuborishga qaror qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют