» » Diamond Villa — orzungizdagi xonadon

Diamond Villa — orzungizdagi xonadon


O‘zbekistonliklar azaldan ona zamin bag‘rida, xususiy uylarda yashashga o‘rganishgan. Hech qanday pentxauslar yoki qimmatbaho apartamentlar bizning yurtdoshlar uchun shinamgina hovlisida kichkina tomorqasi bo‘lgan va mevali daraxtlar qad rostlagan xonadonning o‘rnini bosolmaydi. Shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, Diamond Villa kottej shaharchasi poytaxtdagi har qanday yangi qurilayotgan turar joy komplekslariga nisbatan rad etib bo‘lmas ustunlikka egadir.

Diamond Villa – bu Toshkentning eng gullab-yashnayotgan tumanlaridan biri – Sergelida joylashgan ko‘p xonadonli zamonaviy turar joy majmualari atrofida barpo etilgan shaxsiy uylardan tashkil topgan ajoyib shaharcha. Tumanda rivojlangan infratuzilma kottejli shaharchada yashashga yanada qulaylik va zavq bag‘ishlaydi.

Diamond Villa shaharchasida jami ikki xil konfiguratsiyadagi 137 ta xonadon joylashgan. Jami 2 sotix yerda qurilgan birinchi 119 ta xonadon klassik usulda barpo etilgan.

Kottejning o‘zi ikki qavatdan iborat bo‘lib, maydoni 170 m2 ga teng. Uyda 4 ta yotoqxona, mehmonxona va oshxona mavjud. Shuningdek, barbekyu joyi deb nomlasa bo‘ladigan yozgi oshxona va ikkita avtomobil uchun to‘xtash yeri ko‘zda tutilgan. Qolgan 13 ta kottej ham deyarli mana shunday reja asosida, biroq hi-tech uslubida qurilgan bo‘lib, 2,5 sotix yer maydonini egallagan.

Kottejli shaharchaning butun hududi puxta qo‘riqlanadi. Shaharchada istiqomat qiluvchilar uchun maxsus qurilgan bolalar bog‘chasi Diamond Villa ega bo‘lgan yana bir ustunlikdir. Bundan tashqari, xonadonlar oldida bolalar maydonchalari ham quriladi.

Bitta kottejning narxi 94 000 dollar. Biroq uni bo‘lib to‘lash sharti bilan ham xarid qilish mumkin. Masalan, R-max ko‘chmas mulk agentligi 50% oldindan to‘lov va olti oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilish imkoniyatini taklif qilmoqda.

R-max kompaniyasi Toshkent shahrida ko‘chmas mulk savdosi bilan faol shug‘ullanib keladi. Orttirilgan uzoq yillik tajriba va O‘zbekistondagi qurilish kompaniyalari bilan yaqin hamkorlik tufayli, mazkur agentlik shaharning eng yaxshi turar joy majmualaridan uy sotib olish uchun qulay sharoitlarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

+998 71 200 00 18

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют