» » “Ingliz tilida so‘zlarni harflab talaffuz qilish” respublika musobaqasi o‘tkazildi

“Ingliz tilida so‘zlarni harflab talaffuz qilish” respublika musobaqasi o‘tkazildi


O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bir guruh iqtidorli talabalaridan tarkib topgan “Yosh izlanuvchilar” guruhi tashabbusi bilan “Ingliz tilida so‘zlarni harflab talaffuz qilish” an’anaviy respublika musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda “Fledu.uz” xabar berdi.

Ikki yildan buyon Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan ko‘rish imkoniyati cheklangan talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa joriy yilda ko‘rish imkoniyati cheklangan 21 nafar maktab o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etildi.

Tanlov shartiga ko‘ra, unda ishtirok etgan yoshlar hakamlar hay’ati tomonidan tavsiya etilgan so‘zlarni harflab to‘g‘ri va baland va aniq ovozda talaffuz qilishlari lozim edi. Unda yoshlar ingliz tili bo‘yicha o‘z bilim va ijodiy salohiyatlarini, iste’dodlarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar kuchli uchlikdan o‘rin oldi:

Respublika ko‘zi ojizlar jamiyati, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron jurnal va Internet portali, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi hamkorligidagi tadbirga xalqaro tashkilotlar, xorijiy elchixonalar vakillari ham taklif etildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют