» » Dmitriy Medvedev may oxirida O‘zbekistonga keladi

Dmitriy Medvedev may oxirida O‘zbekistonga keladi


Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev 30-may kuni O‘zbekistonga keladi, deb xabar beradi “Podrobno.uz”.

May oyi oxirida Toshkentda Rossiya-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining hukumat raislari darajasidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 20-yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Oreshkinning qayd etishicha, so‘nggi ikki yil ichida Rossiya — O‘zbekiston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi.

“Bu o‘zaro savdo aloqalari raqamlarida yaxshi aks etadi. Bu yerda o‘sish 20 foizni tashkil etdi. Bu esa MDH davlatlari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri”, — deydi vazir.

2018-yilda O‘zbekistonga Rossiya tovarlari importi 26,5 foizga (3,3 milliard dollarga) o‘sdi. Joriy yilda ijobiy dinamika saqlanib qolishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют