» » Andijonda USAID hamkorligida qishloq xo‘jaligi tadqiqot uchastkasi ochildi

Andijonda USAID hamkorligida qishloq xo‘jaligi tadqiqot uchastkasi ochildi


23-aprel kuni AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Gari Robbins Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali rektori, doktor Abduaziz Abduvosiqov bilan USAIDning “Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish” (AVC) loyihasi yordamida tashkil etilgan intensiv bog‘ va tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatilgan maxsus ko‘rgazma yer maydoni ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo”ga AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir USAIDning AVC loyihasi faoliyati va TDAUning Andijon filiali o`rtasidagi ikki yillik hamkorligi natijasi bo‘lib, hamkorlik doirasida universitet bog‘i uchun 6,5 gektar, uzumzor uchun 1 gektar maydon ajratilgan.

USAID tuproq va suv tahlili, maxsus uchastkalar uchun eng yaxshi ekinlarni aniqlash, bog‘ni rejalashtirish va ilg‘or tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish uchun texnik yordam ko‘rsatgan.

Shuningdek, hamkorlik davomida USAID talabalarni olma, olxo‘ri va uzum  yetishtirishning zamonaviy ishlab chiqarish tartib-tamoyillari, zararkunanda va kasalliklar nazorati hamda tomchilatib sug'orish tizimini boshqarish va ishchi holatda saqlab turish texnologiyalari bilan tanishtirdi.

“Unumdor tuproq, mo‘tadil iqlim va xaridorgir meva, sabzavot va yong‘oqlari bilan O’zbekiston yuqori sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda Markaziy Osiyodagi yetakchi mamlakat bo‘lishday katta potensialga ega”, — degan janob Robbins

Xabarda qayd etilishicha, USAIDning AVC loyihasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ish o‘rinlari yaratish, meva-sabzavot mahsulotlari sifati va eksportini oshirish, ta’lim muassasalari va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida faoliyat olib borayotgan besh yillik dastur hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют