» » AQShning ittifoqdoshi 3 mln dollarlik raketa bilan 200 dollarlik kvadrokopterni urib tushirdi

AQShning ittifoqdoshi 3 mln dollarlik raketa bilan 200 dollarlik kvadrokopterni urib tushirdi


AQSh armiyasi generali Devid Perkins harbiy simpoziumdagi chiqishida mamlakatning ittifoqdoshlaridan biri arzon uchuvchisiz uchar qurilma – kvadrokopterni 3 million dollarlik raketa bilan urib tushirganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Perkinsning aytishicha, AQShning “juda yaqin ittifoqdoshi” uchuvchisiz uchar qurilmani urib tushirish uchun Patriot zenit-raketa majmuasidan foydalangan. Bunday majmuaning bitta raketasi 3 million dollarga teng ekani ta’kidlanmoqda.

Bu ish berdi. “Amazon.com”dan 200 dollarga xarid qilingan kvadrokopterning Patriot’ga qarshi imkoniyati yo‘q edi.

Devid Perkins, AQSh armiyasi generali

General AQShning qaysi ittifoqdoshi haqida so‘z borgani va hodisa qachon ro‘y berganiga aniqlik kiritmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют