» » Toshkentda .UZ domenining 24 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi

Toshkentda .UZ domenining 24 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi


Toshkentda UZ domenining 24 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro texnik konferensiya boshlandi. 28-aprelga qadar davom etadigan anjuman UZINFOCOM markazi, AQShning ICANN tashkiloti va Avstraliyaning auDA kompaniyasi ko‘magida Osiyo—Tinch okeani yuqori darajali domenlar uyushmasi (APTLD) tomonidan tashkil etildi.

Konferensiyada BAAning AEServer, Irlandiyaning Afilias, Chexiyaning Gransy S.R.O., Misrning telekommunikatsiya sohasi nazorat organlari, Afg‘oniston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi vakillari ishtirok etmoqda.

Anjuman davomida DNSSEC masalalari, milliy domenlarda samarali marketing bo‘yicha mashg‘ulot va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Janubiy Karolina Informatika instituti 1995-yili .UZ domenini yaratish bo‘yicha talabnomani ma’qullagan. Milliy .UZ zonasida 2019-yil 25-aprel holatiga ko‘ra salkam 67 mingta faol domen nomi ro‘yxatga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют