» » Irina Xakamada Toshkentda yetakchilik bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazadi

Irina Xakamada Toshkentda yetakchilik bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazadi


11-may kuni Toshkentda taniqli rossiyalik biznes-trener Irina Xakamada “Girdobli vaqtda yetakchilik” mavzusida mahorat darsini o‘tkazadi.

Irina Xakamada yetakchilikning o‘ziga ishonchi past bo‘lgan o‘smir qizdan ko‘zga ko‘ringan siyosat va jamoat arbobigacha bo‘lgan rivojlanish yo‘lini bosib o‘tgan.

1995-yilda Time jurnali uni XXI asrning 100 nafar taniqli ayollari sirasidagi siyosatchilar ro‘yxatiga kiritgan edi.

1999—2002-yillarda Irina ijtimoiy so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra yil ayoli deb topilgan edi.

Hozirda u jamoatchilik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda, kitoblar yozadi, biznes uchun mahorat saboqlari o‘tkazadi hamda murakkab sharoitlarda yetakchilikka erishish tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Xakamadaning yetakchilik sirlari bilan tanishish uchun boshqa mamlakatlarga borish shart emas. Uning o‘zi Toshkentga kelyapti!

Faqat bir kun, 11-may kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyida Irina Xakamada inson qanday qilib o‘zida yetakchilik ko‘nikmalarini shakllantirishi, o‘zgarishlar davrida yetakchilik pozitsiyalarini saqlab qolish, jamoa tuzish va uni boshqarish haqida so‘zlab beradi.

U murakkab sharoitlarda oyoqqa turish va yetakchilik pozitsiyalarini mustahkamlashga yordam beruvchi nodir tajribasi bilan bo‘lishadi.

Mahorat darsi dasturida:

“O‘zini yaratgan inson”dan maslahatlar olish, foydali tanishuvga ega bo‘lish hamda buyuk rejalarni amaliyotga tatbiq etish uchun quvvat olish.

Tadbirning asosiy hamkori — CafePHO.

Biletlar narxi:  150 ming so‘mdan 850 ming so‘mgacha. Joylar soni cheklangan.

Chiptalarni Alisher Navoiy nomli kinosaroyining 5-kassasidan yoki uzticket.com saytidan onlayn xarid qilish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: (+998) 99-790-3838, (+998) 90-924-0038.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют