» » Qozog‘iston prezidentligiga ilk bor ayol kishining nomzodi qo‘yildi

Qozog‘iston prezidentligiga ilk bor ayol kishining nomzodi qo‘yildi


“Akjol” partiyasi Qozog‘iston prezidentligiga o‘z nomzodini taklif qildi. Respublika tarixida ilk bor ayol nomzod — Daniya Yespayeva saylov kampaniyasini boshlaydi. Bu haqda “Total.kz” xabar berdi.

“Men, Daniya Yaspayeva,  ‘Akjol’ partiyasidan prezidentlikka o‘z nomzodimni qo‘yilishiga roziman. Bundan juda ham xursandman. Birinchidan, menga ovoz bergan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ikkinchidan, menga bildirilgan ishonchni qadrlayman va oqlashga harakat qilaman. Bu menga katta mas’uliyat yuklaydi”, — deydi siyosatchi.

Daniya Yespayeva 1961-yil 5-mart kuni Yaysan qishlog‘ida tug‘ilgan. Ikkita mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega. 1982-yilda Olmaota hisob-kredit texnikumini, 1993-yilda Qozog‘iston davlat boshqaruv akademiyasining iqtisod yo‘nalishini tamomlagan.  Ajrashgan, ikki nafar o‘g‘li bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют