WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Sergelida yangi qurilgan uylarni Toshkent markazi bilan bog‘laydigan avtobus yo‘nalishi ochildi
Sergelida yangi qurilgan uylarni Toshkent markazi bilan bog‘laydigan avtobus yo‘nalishi ochildi
Sergelida yangi qurilgan uylarni shahar markazi bilan bog‘lash maqsadida yangi avtobus yo‘nalishi ochildi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.
“Toshshahyo‘lovchitrans” ma’lum qilishicha, 133A — “Yangi Sergeli mavzesi — “Olmazor” metro bekati” yo‘nalishi faoliyati joriy yilning 25-aprelidan yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu yo‘nalishda avtobuslar 4 ta harakat jadvali asosida qariyb 7 kilometrlik qisqa masofa oralig‘ida qatnaydi.
Yangi avtobus yo‘nalishi joriy etishga sabab Toshkent shahrida yangi uy-joylarning qurilishi, shu asosda yangi mavze va aholi punktlarining bunyod etilayotgani jamoat transportiga talabning ortishiga sabab bo‘lgan.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?