» » Sergelida to‘rtta yangi maktabni qurish ishlari boshlandi

Sergelida to‘rtta yangi maktabni qurish ishlari boshlandi


Toshkentning Sergeli tumanida ham ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, yangi mavzelar aholiga topshirilmoqda. Tabiiyki endilikda bu mavzelarda yashovchilarning ta’lim muassasalarga ham ehtiyoji ortadi. Shu bois aholiga qulaylik yaratish maqsadida tumanda to‘rtta yangi umumta’lim maktabini qurish ishlari boshlandi, bu haqda O‘zA xabar beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilbay Ramatov, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, qurilish vaziri Abduqahhor To‘xtayev, qurilish vaziri o‘rinbosari Kozim To‘laganov maktablarning qurilishi oldidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, zamonaviy loyihalar asosida qurilayotgan maktablarning har biri bir yarim ming o‘quvchiga mo‘ljallangan. Ushbu maktablar 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab birinchi o‘quvchilarni qabul qiladi. Mazkur o‘quv muassasalarining ishga tushirilishi Sergeli tumanida qurilayotgan mavzelar atrofida joylashgan yuqori koeffitsiyentli maktablardagi vaziyatning yaxshilanishini ta’minlaydi.

Shu bilan birga, joriy yilda yuqori koeffitsiyentli 267- va 303-maktablar uchun investitsiya dasturi doirasida 360 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishi ham rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют