» » Toshkentda qidiruvdagi avtomashinalar topilgach, 740 million so‘m qarzdorlik undirildi

Toshkentda qidiruvdagi avtomashinalar topilgach, 740 million so‘m qarzdorlik undirildi


MIB Chilonzor tuman bo‘limi ijro ish yurituvida bo‘lgan, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2018-yil 9-fevraldagi qaroriga asosan qarzdor jamiyatdan undiruvchi Chilonzor tuman davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 450 000 000 so‘m miqdorida soliqdan bo‘lgan qarzdorlik undirish belgilangan. Bu haqda “Daryo”ga MIB  Chilonzor tuman bo‘limi davlat ijrochisi Abdumalik Abduraxmonov xabar berdi.

Qarzdor jamiyat Byuro tomonidan berilgan ixtiyoriy muddatda majburiyatlarini bajarmagan. Jamiyatga tegishli bo‘lgan Lacetti  01 331 ZVA, Cobalt 01 119 ZEA avtotransport vositasitalariga nisbatan Byuroning Chilonzor tuman bo‘lim tomonidan 2018-yil 5-may kuni qidiruv e’lon qilingan bo‘lib, avtomashinalar joriy yilning mart oyida ushlanishi natijasida qarzdor jamiyatdan 450 000 000 so‘m miqdoridagi qarz undirildi.

Shuningdek, Toshkent shahar Xo‘jalik sudining 2017-yil 2-martdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biri undiruvchi AKIB “Ipak yo‘li banki” foydasiga 155 709 522 so‘mni undirish yuzasidan Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan qarzdor jamiyatning barcha yo‘nalishlariga cheklovlar qo‘yilgan. Jamiyatga tegishli bo‘lgan Matiz 01623 QEA, Matiz 01609 QEA, Matiz 01175 QEA, Matiz 01489 QEA, Nexia-3 01393 QEA, Cobalt 01508 XDA, Nexia 01R773JA avtotransport vositasitalariga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan qidiruvdagi barcha avtotransport vositalari topilganidan so‘ng qarzdor jamiyat tomonidan 155 709 522 so‘m miqdoridagi qarzdorlik undiruvchi AKIB “Ipak yo‘li banki” foydasiga to‘lab berildi.

Toshkent shahar Xo‘jalik sudining 2017-yil 2-martdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor mas’uliyati cheklangan jamiyatdan undiruvchi “ISHONCH” MChJ foydasiga 135 000 000 so‘mni undirish yuzasidan Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan qarzdorning barcha yo‘nalishlariga cheklovlar qo‘yilib, qarzdor jamiyatga tegishli bo‘lgan Lacetti 01 873 DEA, Matiz 01 599 SDA avtotransport vositasitalariga nisbatan Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan 2017-yil 5-oktabr kuni qidiruv e’lon qilingan avtotransport vositalari topilib, qarzdor jamiyatdan undiruvchi “ISHONCH” MChJ foydasiga 135 000 000 so‘mlik barcha qarz undirib berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 13) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют